Jahon

Turkiya hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi yangi choralarni joriy etmoqchi

Turkiyaga sayyohlik maqsadida kelgan xorijiy fuqarolar 6 sentyabrdan boshlab mamlakatda joriy qilinadigan yangi cheklovlarga amal qilmaydi. Bu haqda Interfaks xabar qilmoqda.

Turkiya hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi yangi choralarni joriy etmoqchi

 

 

Turkiya hukumati 6 sentyabrdan koronavirus tarqalishiga qarshi yangi choralarni joriy etmoqda. Xususan, shaharlararo avtobuslar, poyezdlar va boshqa jamoat transportida sayohat qilishda, shuningdek, mamlakat ichidagi samolyotlarda uchishda emlanmagan yo‘lovchilardan PSR testlari sertifikatlari talab qilinadi. Bundan tashqari, bu cheklovlar konsertlar, kinoteatrlar va teatrlarga tashrif buyurishda ham amal qiladi.

 

Turkiyada doimiy istiqomat qiluvchi (yashash uchun ruxsatnomasi bo‘lgan) chet ellik rezidentlar yangi cheklovlarga rioya qilishlari shart.

 

Mamlakatda oxirgi kunlarda kuniga o‘rtacha 20 mingga yaqin koronavirus holatlari qayd etilmoqda.

 

Avvalroq, Turkiya hukumati muhojirlarning yangi oqimini qabul qilmasligi haqida xabar qilgan edik.

 

Nasiba To'xtayeva

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.