Yangi Zelandiyadagi supermarketga uyushtirilgan hujumda olti kishi tan jarohati oldi
Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida ro‘y bergan pichoqli hujum oqibatida olti kishi jarohat oldi. Bu haqda "New Zealand Herald" gazetasi xabar berdi.


Aytilishicha, voqea shaharning janubi-g‘arbidagi supermarketda sodir bo‘lgan.
Hujumni uyushtirgan shaxs politsiya tomonidan qo‘lga olish vaqtida otib, o‘ldirilgan. Supermarket atrofi xavfsizlik kuchlari va favqulodda xizmat xodimlari bilan o‘rab olingan.
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern Oklenddagi supermarket xaridorlariga qilingan hujumni terakt deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi ISHID tarafdori bo‘lgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, u ekstremistik qarashlari tufayli kuzatuv ostida bo‘lgan. Terrorchi bu yerga 2011 yilda kelgan Shri-Lanka fuqarosi ekani aytilmoqda.
Avvalroq Yangi Zellandiyada havo sharining turar-joy ustiga qulashi natijasida kamida 11 kishi jabrlangani haqida xabar berilgandi.
Nasiba To‘xtayeva







