O'zbekiston

22 nafar o'zbekistonlik yoshlar VGIKda o'qish uchun yuborildi

Butunrossiya davlat kinematografiya institutida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Bayramda VGIKga o‘qishga kirgan 22 nafar o‘zbekistonlik yoshlar ham ishtirok etishdi.

22 nafar o'zbekistonlik yoshlar VGIKda o'qish uchun yuborildi

 

VGIK 1979 yildan beri ilk marotaba aktyorlik ustaxonasiga o‘zbekistonlik talabalarni jalb qildi. Talabalar 4 yil mobaynida "Maysaraning ishi", “Ibrat”, “Baron” va boshqa filmlari bilan O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Maxmudov ustaxonasida akademik amaliyotni o‘taydi. Bugun kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlarning barchasi VGIK rektori Vladimir Malishev va institut maʼmuriyati vakillari bilan tanishdilar.

 

«Nihoyat, kinematografik taʼlim sohasidagi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yo‘qolgan aloqalar tiklanmoqda. Biz bu uchun uzoq yo‘l bosib o‘tdik. O‘zbekistonlik iqtidorli yoshlar VGIK devorlari ichida kino asoslarini, aktyorlik va rejissyorlik mahoratini o‘rganayotganidan baxtiyorman. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, - dedi VGIK rektori Vladimir Malishev.

 

VGIK talabalari uchun o‘tkazilgan marosimda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov ishtirok etdi:

 

– Shuni alohida taʼkidlash kerakki, o‘zbekistonlik talabalarni o‘qitishni tashkillashtirish, shuningdek, Toshkent shahrida VGIKning filialini ochish tashabbusi shaxsan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga tegishli, – deya taʼkidladi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. – Misol uchun, Prezident VGIK filialini ochish haqidagi qarorga aynan bayram kunlari arafasida  imzo chekdi. Bu mamlakatimiz kinematografiyasi vakillari uchun yana bir ajoyib yangilik bo‘ldi. Biz VGIK rahbariyati bilan institut filialining ochilish marosimini shu yilning 28 sentyabridan 3 oktyabrigacha bo‘lib o‘tadigan "Ipak yo‘li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazishga kelishib oldik. – dedi Kinematografiya agentligi rahbari.

 

Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari – kinokompaniyalar va kinostudiyalarning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda yuqori malakali ijodiy kadrlar tayyorlash, shuningdek, kinematografiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishdan iborat bo‘ladi. Filialning birinchi talabalari 2021/2022 o‘quv yilida qabul qilinadi. Filial bitiruvchilari Rossiya diplomiga ega bo‘ladilar, u O‘zbekistonda ham tan olinadi.

 

O‘zbekistonlik talabalarni o‘qitish bilan bog‘liq barcha xarajatlar O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan qoplanadi. O‘qish yakunlanganidan so‘ng, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, yoshlar O‘zbekistonga qaytishadi va kinematografiya sohasidagi faoliyatini o‘z mamlakatlarida davom ettirishadi.

 

Firdavs Abduxoliqovning taʼkidlashicha, o‘tgan yili Moskvadagi VGIKga 7 nafar talaba o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa, bu yil ularning soni 22 taga yetgan. Bu yil yana besh kishi uchun qo‘shimcha joylar ochiladi. Shu bilan birga, aviaparvoz, o‘qish va yotoqxona xarajatlarini O‘zbekiston va Rossiya tomoni qoplaydi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi 2019 yil dekabr oyida o‘zbek kinoijodkorlarini universitet bazasida o‘qitish to‘g‘risida VGIK bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

22 nafar o'zbekistonlik yoshlar VGIKda o'qish uchun yuborildi | Zamon.uz