Jahon

“Tolibon”: Afg‘oniston xavfsizligini o‘zimiz taʼminlaymiz

“Tolibon” xavfsizlik masalalarida qo‘shni davlatlar yordamiga muhtoj emas. Bu haqda “Tolibon”ning madaniyat masalalari bo‘yicha qo‘mitasi aʼzosi Omonullo Samanganiy maʼlum qildi.

“Tolibon”: Afg‘oniston xavfsizligini o‘zimiz taʼminlaymiz

 

 

“Biz o‘z kuchlarimiz bilan mamlakat xavfsizligini taʼminlashga tayyormiz. Bu borada bizga AQSH yoki boshqa davlatning yordami kerak emas”, degan Samanganiy.

 

Joriy yilning 1 sentyabr kungi matbuot anjumanida Qurolli kuchlar shtabi boshliqlari qo‘mitasi raisi Mark Milli Pentagon ISHIDga qarshi kurashda toliblar bilan hamkorlik qilishi mumkinligini aytgan. Samanganiy bu bayonoti orqali  Milliga o‘ziga xos javob berdi.

 

Maʼlumot o‘rnida: “Tolibon” 15 avgust kuni Kobul shahrini jangsiz egallagandan keyin butun Afg‘onistonda hokimiyati o‘rnatilganini eʼlon qildi. Hozirda faqatgina Panjsher viloyati toliblar tomonidan nazorat qilinmayapti. Bu yerda Ahmad Masʼud va Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solih boshchiligida qarshilik fronti tuzilgan.

 

26 avgust kuni Kobul aeroportida terakt sodir bo‘lishi ortidan Afg‘onistonda ISHID faollashdi. Teraktga javobgarlikni aynan shu guruh zimmasiga oldi.  27 avgust kuni AQSH Nangarhor viloyatida terrorchi guruh marralariga zarba berdi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

“Tolibon”: Afg‘oniston xavfsizligini o‘zimiz taʼminlaymiz | Zamon.uz