Jahon

“Tolibon” nazoratida bo‘lmagan Panjsher ham asta-sekinlik bilan qo‘ldan ketmoqda

“Tolibon” harakati Panjsherning strategik muhim tumani–Xinjni egalladi. Bu haqda harakat vakili Bilol Karimiy xabar bermoqda.

“Tolibon” nazoratida bo‘lmagan Panjsher ham asta-sekinlik bilan qo‘ldan ketmoqda

 

Toliblar hozirga qadar Panjsherning Shutal, Annaba, Paryon va Hinj tumanlarini bosib olgani aytilmoqda. Karimiyning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” kuchlari Panjsher markaziga qarab harakatni davom ettirmoqda.

 

Bundan avval ham toliblar Panjsherni to‘la nazoratga olganini xabar qilgan edi. Kobulda g‘oliblik sharafiga havoga o‘q uzish oqtibatida 70 dan ortiq kishi jabrlandi. Ammo bu xabarlar Qarshilik harakati vakillari, jumladan sobiq vitse-prezident Amrulla Solih va Panjsher rasmiy vakili Fahm Dashtiy tomonidan inkor qilindi.

 

Maʼlumot o‘rnida, “Tolibon” 15 avgust kuni Kobul shahrini jangsiz egallaganidan keyin butun Afg‘onistonda hokimiyat o‘rnatilganini eʼlon qildi. Hozirda faqatgina Panjsher viloyati toliblar tomonidan nazorat qilinmayapti. Bu yerda Ahmad Masʼud va Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solih boshchiligida qarshilik fronti tuzilgan.

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bunga O‘zbekistondan kelgan ayolning fuqarolik olishdagi muammosi sabab bo‘lgan.

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Qirollik zenit-raketa zaxiralari yetishmovchiligi tufayli mavjud tizimlarni qayta taqsimlamoqda.

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘pini bolalar tashkil etadi. Tadqiqot 108 ta rivojlanayotgan mamlakatni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

17 ta global xavf milliardlab insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex ma’lumotlar markazlariga qilingan dronlar hujumidan keyin ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatildi.