ITB O‘zbekistonda islom moliyasining huquqiy asoslarini ishlab chiqish uchun grant ajratadi
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda Islom banki va moliya sohasining huquqiy asoslarini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash uchun 265 million dollar miqdorida texnik yordam granti ajratadi.


Loyihaning asosiy maqsadi – O‘zbekistonga islomiy bank va moliya uchun qonuniy va texnik asoslar yaratish;
–aholining islom moliyasidan xabardorlik darajasini oshirishdan iborat.
Shu bilan birga, ITB O‘zbekistonda qishloqlarni barqaror rivojlantirish loyihasi uchun 200 mln dollar miqdorida pul ajratmoqda.
Loyihadan maqsad – mahalliy boshqaruv jarayoni va jamoatchilik ishtirokida asosiy infratuzilmadan foydalanishni yaxshilash orqali qishloqlarda turmush darajasini oshirish.
Bu kambag‘allikni qisqartirishga yordam berishi va aholining turli holatlar va xavf-xatarlarga chidamliligini oshirishi uchun xizmat nazarda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq ITB yangi raqamli platformani ishga tushirgani haqida xabar berilgandi.







