Jahon

OAV: Gvineya prezidenti qamoqqa olingan

Isyonchi harbiylar Gvineya prezidenti Alfa Kondeni qamoqqa oldi.

OAV: Gvineya prezidenti qamoqqa olingan

 

Gvineyada harbiy to‘ntarish sodir bo‘ldi. 

Bugun, 5-sentyabr kuni, isyonchi harbiylar mamlakat poytaxti Konakri shahriga boradigan yo‘llarni to‘sib qo‘ygan. 

Shundan keyin isyonchilar Gvineya prezidenti Alfa Konde qarorgohiga bostirib kirgan va prezident hibsga olingan. Qarorgoh yaqinida maxsus kuchlar va Kondening qo‘riqchilari o‘rtasida otishma yuz bergan. 

Mahalliy OAV isyonga Gvineya armiyasi maxsus kuchlari polkovnigi Mamadi Dumbuya boshchilik qilganini xabar berdi. Dumbuya o‘tmishda Fransiya Xorijiy legionida xizmat qilgan. 

 

Hozirda Konakriga zirhli mashinalar kirib kelgan. Isyonchilar hukumatni tarqatib yubordi. Mamlakat quruqlik va havo chegaralari yopilgan. Shuningdek, amaldagi konstitusiya bekor qilingan. 

Alfa Konde Gvineyani 2010-yildan beri boshqarib kelayotgandi. Siyosatchi 2020-yil oktyabrdagi saylovlarda ham g‘alaba qozongan, ammo shundan keyin mamlakatda norozilik tnamoyishlari boshlanib ketgan edi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.