O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1,5 million dozasi olib kelindi
O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1,5 million dozasi olib kelindi.

Shunday qilib, mamlakatga keltirilgan jami vaksina 19 million 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda. Ulardan 460 000 dozasi "Sputnik V", 986 480 dozasi AstraZeneca, 15 mln dozasi ZF-UZ-VAC2001, 3 mln dozasi Moderna vaksinasidir.
Hozirga qadar mamlakatda jami jami 15 004 856 doza vaksinadan foydalanildi.
Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 2 123 460 nafarni tashkil qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Sputnik V”ni qabul qilish oralig‘i va uning ikkinchi komponentlari qachon keltirilishi maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.







