O'zbekiston

“Tolibon” Pokistonning loyihasimi?

4-sentabr kuni toliblar hokimiyati o‘rnatilgandan keyin ilk bor Kobulga oliy martabali mehmon tashrif buyurdi.

“Tolibon” Pokistonning loyihasimi?

 

Bu Pokiston Idoralararo razvedka xizmati (ISI) rahbari Fayz Hamid hisoblanadi. Pokiston so‘nggi vaqtlarda Afg‘onistondagi siyosiy hayotda yana katta rol o‘ynay boshladi. 

 

Pokiston tarixan Afg‘onistonda katta ta’sirga ega bo‘lgan. O‘tgan asrning 70-80 yillarida aynan shu yerdan sovet qo‘shinlariga qarshi kuchlar boshqarilgan Pokiston shu davrda millionlab afg‘on qochqinlariga joy bergan. Ana shu qochqinlar orasida kelajakda ulkan siyosiy kuchga aylangan harakat –“Tolibon” shakllangan edi. 

 

Ba’zi ekspertlar toliblarni Islomobod loyihasi sifatida ko‘radi. Bu gaplarda qisman jon bor. Sababi harakatning tashkil etilishi va asosini tuzishda Pokiston Idoralararo razvedka xizmati katta o‘rin tutgan.

 

Sovet qo‘shinlari chiqib ketgandan keyin rasmiy Islomobod sobiq mujohidlar rahbari–Gulbiddin Hikmatiyorni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Ammo ma’lum vaqtdan keyin Hikmatiyorning ayrim harakatlari unga bo‘lgan ishonchni kamaytirdi va Pokiston uning o‘rniga yangi kuchni qidira boshladi. Shunday sharoitda “Tolibon” siyosiy maydonga chiqadi. 

 

Dastlab toliblar Pokiston hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan. 90 yillarda Pokiston Ichki ishlar vaziri bo‘lgan, kelib chiqishi pushtun Nasrullo Babargina harakatni ta’minlay boshlaydi. Babar dastlab “Tolibon” jangarilarini Pokiston va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdo karvonlarini qo‘riqlaydigan kuch sifatida ko‘rgan. 

Yuqorida aytilganidek, Hikmatiyorning ayrim harakatlari Islomobodning unga bo‘lgan ishonchini kamaytirgan. Shundan keyin Idoralararo razvedka xizmati bor e’tiborni toliblarga qaratadi.

 

“Tolibon”ning 90-yillarda Afg‘onistondagi hokimiyati o‘rnatilishida Pokiston alohida o‘rin tutdi. Uning harbiy maslahatchilari va zobitlari afg‘on shaharlari egallanishida ishtirok etgan degan tahminlar mavjud. Harakat hokimiyatini tan olgan kam sonli davlatlardan biri ham aynan Pokiston edi. 1996-2001 yillar davomida Islomobod toliblarga katta moliyaviy yordam bergan.

 

2001-yilda AQSH boshchiligidagi koalisiya “Tolibon”ga qarshi urush boshlagach, Pokiston ham bu jarayonga qo‘shiladi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘lgan:

 

Birinchidan, Pokistonning chetda turishi uni yakkalanishiga olib kelar, bu mamlakatning shusiz ham og‘ir ahvolini yanada og‘irlashtirar edi;

 

Ikkinchidan, toliblar Islomobod ko‘rsatmalariga to‘liq amal qiladigan qo‘g‘irchoq hukumat emas, balki mustaqil kuch ekanini namoyish qildi. Uning ba’zi xatti-harakatlari Pokiston milliy manfaatlariga zid edi. 

 

Shunday bo‘lsa-da, “Tolibon” rahbariyatining katta qismi Pokistonga qochib o‘tadi. Bu yerda toliblar qayta kuch to‘playdi, AQSH va Afg‘oniston hukumatiga qarshi harakatlar boshqariladi. Kvetta shahri harakatning yangi markaziga aylanadi. Kvettada “Tolibon” ning siyosiy kengashi–“Kvetta sho‘rosi” shakllangan. Bu kengash keyinchalik toliblarning siyosiy qanotiga aylandi. Aynan shu siyosiy qanot hozirgi “Tolibon”ning mo‘tadil qatlami sanaladi.

 

Pokiston 2021- yil Kobul toliblar qo‘liga o‘tgandan keyin ham harakat bilan yaxshi aloqalarni saqlab qoldi. Masalan, qo‘shni davlatlar ichida birinchilardan bo‘lib chegarasini ochdi. Bundan tashqari turli gumanitar yordamlar taqdim etilmoqda. Lekin ba’zi tahminlarga ko‘ra bu safar ham “Tolibon” Pokiston yordamida hokimiyatga kelgan degan qarashlar mavjud. Xususan, Panjsherdagi qarshilik harakati shunday deb hisoblamoqda. Idoralararo razvedka xizmati rahbari Fayz Hamidning tashrifi ham shu nuqtai nazardan baholandi.

Ekspertlar Hamidni “Tolibon”ning siyosiy va harbiy qanotini kelishtirish uchun kelgan deb tahmin qilishmoqda. Haqiqatdan ham hozirda Mulla Barodar (siyosiy qanot) va “Haqqoniy tizimi” (harbiy qanot) o‘rtasida kelishmovchilik mavjud. Bu hukumat tuzish masalasini kechikishiga sabab bo‘lyapti. 

 

Pokistonga Afg‘onistonda o‘zi uchun xayrihox hukumat bo‘lishi juda muhim. Bu birinchidan, Markaziy Osiyo bilan keng savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. Ikkinchidan, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida mavjud chegara muammosining hal bo‘lishiga olib keladi. Uchinchidan, shimoliy chegaralarda ittifoqchi davlat bo‘lishi Islomobodga o‘zining azaliy raqibi Hindistonga bor e’tiborini qaratishiga imkon beradi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

“Tolibon” Pokistonning loyihasimi? | Zamon.uz