Yens Stoltenberg: “Yevropa ittifoqi armiyasini tuzish maqsadga muvofiq emas”
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Yevropa Ittifoqi armiyasi tuzilishini xavfli deb hisoblaydi.

Stoltenbergning fikricha, bunday armiya NATO ning zaiflashuviga olib keladi va Yevropani tarqoq holatga keltiradi. “Men Yevropaning mudofaa sohasiga qo‘shayotgan katta hissasini olqishlayman, ammo bu NATOdan voz kechish hisobiga bo‘lmasligi kerak. Yevropa va Shimoliy Amerika o‘rtasida aloqalarni saqlab qolish o‘ta muhim”,-degan bosh kotib.
Stoltenberg Gʻarbda resurslar kamligini shu sababli NATO kabi tashkilot tuzilishi maqsadga muvofiq emasligini ta’kidlagan.
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar oliy komissari Jozep Borrel va harbiy qo‘mita rahbari Klaudio Grasiano YeI doirasida 5 ming kishilik kuchlarni tashkil etishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Yens Stoltenberg Afg‘onistonda terrorizmga qarshi kurashga Xitoy va Rossiyani jalb qilish kerakligini aytgan edi.







