“G20” shu yilning oktyabr oyida Italiyada sammit o‘tkazadi
“Katta yigirmatalik” sog‘liqni saqlash vazirlari yakshanba kuni Rimda o‘zaro muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu shu yilning oktyabr oyida Italiyada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan G20 sammiti oldidan tashkil etildi. Mazkur tadbir "Avvalgidan yaxshiroq tiklanish" shiori ostida ikki kun davom etadi, uchta sessiyadan iborat.


Birinchi sessiyada pandemiya 2030 yilgacha barqaror rivojlanish dasturiga qanday taʼsir o‘tkazgani muhokama qilinadi.
Ikkinchi sessiyada kelajakdagi ehtimoliy pandemiyalar muammosi bilan bog‘lq aniq takliflar beriladi.
Uchinchi sessiyada vazirlar hozirgi pandemiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini muhokama qiladi.
“Yigirmatalik” aʼzolari bugun emlash va tashxis qo‘yish bo‘yicha tenglikni taʼminlashga oid takliflarini eʼlon qilishi kutilyapti. Bu vaksinalarni o‘zaro tan olishni nazarda tutadi.
2020 yilda boshlangan koronavirus pandemiyasi bilan 220 milliondan ortiq inson kasallangan. Dunyoda hozirda COVID-19‘ga qarshi 10 dan ortiq vaksinadan foydalanilyapti.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Xitoy olimlari koronavirus paydo bo‘lishining yanga versiyasini eʼlon qilgan edi.
Sharofat Mahmudova







