Jahon

Saudiya Arabistoni sayyohlik kompaniyasi bilan uchrashuv tashkil etildi

Saudiya Arabistoni sayyohlik kompaniyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Saudiya Arabistoni sayyohlik kompaniyasi bilan uchrashuv tashkil etildi

 

 

O‘zbekistonning Saudiya Arabistondagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov “Vahatal harir” turistik kompaniyasi  rahbari Abdulmajid bin Abdulaziz bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Unda ikki mamlakat turizm sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Ulug‘bek Maqsudov Abdulmajid bin Abdulazizga   O‘zbekistonda sayyohlik sohasini rivojlantirish, bu yo‘nalishda investitsiya kiritayotgan mahalliy va xorijiy investorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berdi. O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, qadimiy meʼmoriy va arxeologik obidalari, xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon va Toshkent shaharlarining turistik imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Elchi, shuningdek, O‘zbekistonga saudiyalik sayyohlar sonini oshirish  maqsadida O‘zbekistonning Ar-Riyoddagi elchixonasi «Dolores Travel Group» sayyohlik agentligi va Saudiyaning «FlyNas» aviakompaniyasi bilan birgalikda joriy yil 9–16 sentyabr kunlari podshohlikning 12 ta yirik sayyohlik kompaniyalari vakillari uchun Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlariga info-tur tashkil etayotganini maʼlum qilgan.

 

Abdulmajid bin Abdulaziz turizm va investitsiya sohalarida amalga oshirilayotgan beqiyos islohotlarni yuqori baholadi. U, shuningdek, Saudiya Arabistonining “FlyNas” aviakompaniyasi tomonidan “Ar-Riyod-Toshkent-Ar-Riyod” yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviqatnovlar ikki mamlakatning sayyohlari sonini va o‘zaro savdo hajmini oshishiga xizmat qilishini qayd etgan.

 

Abdulmajid bin Abdulaziz saudiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortayotganini hisobga olgan holda bu yo‘nalishdagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarini bildirgan.

 

Avvalroq Saudiya Arabistonidan Toshkentga muntazam reys yo‘lga qo‘yilgani xabar qilingan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Saudiya Arabistoni sayyohlik kompaniyasi bilan uchrashuv tashkil etildi | Zamon.uz