Marhum reper Tupak Shakurning o‘q yegan mashinasi 1,7 million dollarga sotuvga qo‘yildi
1996 yilda reper Tupak Shakur o‘ldirilgan BMW 750IL rusumli avtomobil 1,7 million dollarga sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “TMZ “ portali xabar berdi.


Qayd etilishicha, mudhish voqeadan so‘ng mashina to‘liq taʼmir qilingan, salonining o‘q teshgan joylari yamalgan.
Tupakning BMW mashinasini otishma sodir bo‘lgan joy yaqinida — Las-Vegasdagi Celebrity Cars dilerlik markazidan sotib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Tupak Shakur 1996 yilda Amerikaning Sharqiy va G‘arbiy sohillarida reperlar o‘rtasidagi mojaro paytida o‘ldirilgan. 2018 yil iyul oyida uni sobiq gangster Duyeyn Keyt Devisning jiyani Orlando Anderson otgani maʼlum bo‘ldi.
Nasiba To‘xtayeva







