Jahon

AQSHda amaldorlar majburan emlanadi — Oq Uy

AQSHda koronavirusga qarshi emlash ko‘lami kengaytiriladi. Bu haqda Prezident Jozef Bayden maʼlum qildi.

AQSHda amaldorlar majburan emlanadi — Oq Uy

 

 

Oq Uy rahbari so‘zlariga ko‘ra, bu orqali emlangan fuqarolar sonini oshirish hamda vaksinani inkor qilayotganlarga qarshi kurash maqsad qilingan. Ushbu rejada 6 yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

 

“Agar biz buni hayotga muvaffaqiyatli tadbiq eta olsak, kelgusida, eng avvalo,emlangan amerikaliklar soni ko‘payadi. Ikkinchidan, kasalxonaga yotqizish va o‘lim holatlari kamayadi. Farzandlarimiz maktablarga xotirjam boradi hamda korxonalar ishlab turishi ortidan iqtisodiyotimiz rivojlanadi”, – deb taʼkidlagan Prezident.

 

Shu bilan birga, AQSH hukumati tizimida ishlaydigan barcha xizmatchilar majburiy tarzda emlanishi eʼlon qilindi. Oq Uy matbuot kotibi Jen Psaki bunga qarshilik qilganlar ishdan bo‘shatilishi mumkinligidan ogohlantirgan. “Agar hukumatda yoki hukumat bilan shartnoma asosida ishlashni istasangiz vaksina olishingiz kerak”, - degan Psaki.

 

Bundan avval AQSH Xitoyda koronavirusni o‘rganishga 3 million dollar ajratgani xabar qilingan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.

13 yoshgacha — taqiq, o‘smirlarga cheklov: Germaniya ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solmoqchi

13 yoshgacha — taqiq, o‘smirlarga cheklov: Germaniya ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solmoqchi

Hukumat bolalarning internetdagi xavfsizligini ta’minlash uchun yangi choralarni ma’qulladi.

Saudiya Arabistonida vertolyot quladi: ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonida vertolyot quladi: ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Rasmiylar bunga texnik nosozlik sabab bo‘lganini bildirgan, Yamandagi husiylar esa vertolyot raketa bilan urib tushirilganini da’vo qilmoqda.