"Bugun bo‘lmadimi, Parijda albatta bo‘ladi" — Shavkat Mirziyoyev
Ayni vaqtda davlat rahbari Tokioda bo‘lib o‘tgan XVI Paralimpiya o‘yini ishtirokchilarini katta yutuq va g‘alabalar bilan qutlamoqda.


- Men ushbu taqdirlash marosimiga ustozlaringiz bilan birga ota-onangizni ham chaqirdim. Bilasizmi, ota-ona uchun eng katta baxt – bolasining kamolini ko‘rish. O‘zingiz ham ota-ona bo‘lganingizda yaxshiroq tushunasiz. Men sizdek farzandlarni tarbiyalaganlari uchun ularga taʼzimdaman va minnatdorman, - dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev musobaqada qatnashib, sovrindor bo‘lolmagan sportchilarga ham dalda berdi:
- G‘olib bo‘lmasangiz ham ushbu musobaqada matonat bilan qatnashganingizdan minnatdorman. Bugun bo‘lmasa, Parijda (2024 yilda o‘tkaziladigan musobaqalar-izoh) albatta bo‘ladi!
Maʼlumot uchun, terma jamoamiz 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. 19 ta medalning 11 tasi sportchi qizlarimizga tegishli.
Mamlakatimiz terma jamoasi 160 dan ziyod davlatlar o‘rtasida o‘n oltinchi Osiyo qitʼasida hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida to‘rtinchi, Markaziy Osiyoda esa birinchi o‘rinni egalladi.
Shavkat Mirziyoyev har bir sportchi, xususan, yengil atletikachi qizlar- Nozimaxon Qayumova, Mohigul Hamdamova, Sofiya Burhonova hamda raqibalari orasida eng yosh bo‘lgan taekvondochi Guljonoy Naimovaga alohida tashakkur aytdi.
- Guljanoyning musobaqasini tashvish va hayajonda televizorni o‘chirib-yoqib ko‘rdim. Bu juda katta g‘alaba bo‘ldi, dedi prezident.







