Paralimpiya qo‘mitasi tarkibida yangi maktab tashkil etiladi — Prezident
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tokio shahridagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashdi.


Unda kelgusi musobaqalarga stol tennisi, qilichbozlik, kamondan otish, velosport, ot sporti, badminton singari turlar bo‘yicha ham yo‘llanmalar uchun kurashish kerakligini taʼkidladi.

Davlat rahbari bo‘lg‘usi Paralimpiya o‘yinlariga puxta hozirlik ko‘rish uchun masʼullarga topshiriqlar berdi.
Unga ko‘ra:
— xorijiy mamlakatlardan eng tajribali mutaxassis va murabbiylarni jalb qilinadi;
— para-sport turlari bo‘yicha iqtidorli atletlarni saralash va ularning zaxirasini shakllantirish tizimini takomillashtiriladi;
— sport taʼlimi maskanlarida tegishli o‘qitish dasturlari va metodikasini joriy qilish bilan birga, ularda paralimpiya bo‘limlarini tashkil etib, qo‘shimcha kvotalar ajratiladi;
— 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi qoshida Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etiladi;
— para-sportchilarni muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish maqsadida, ularni Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga biriktiriladi;
— “Amirsoy” tog‘-chang‘i sport majmuasi hamda “Humo-Arena” muz saroyi bazalarida paralimpiyachilar uchun sharoit yaratiladi;
— O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining para-sport bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarni keng jalb etgan holda, Qo‘mita tarkibida “Matonat maktabi”ni tashkil etiladi;
— jismoniy imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, sport sohasidagi katta yutuqlari bilan namuna bo‘lib kelayotgan zamondoshlarimiz haqida publitsistik asarlar, ko‘rsatuv va eshittirishlar, ijtimoiy roliklar, hujjatli va badiiy filmlar yaratiladi.















