O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar 3 mln nafardan oshdi
O‘zbekistonda 10 sentyabr kuni COVID-19‘ga qarshi 301 640 doza vaksina qo‘llanildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. Shundan 66 624 doza birinchi bosqichda, 175 631 doza ikkinchi bosqichda va 59 385 doza uchinchi bosqichda qo‘llangan.


Shu kungacha O‘zbekistonda jami 16 600 174 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, ulardan 1-bosqichda emlanganlar 9 920 165 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 5 007 996 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 1 672 013 nafarni tashkil qildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar esa 3 022 789 nafarni tashkil qilmoqda.
Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
-
Samarqand viloyati (41 867 doza),
-
Andijon viloyati (35 579 doza),
-
Xorazm viloyati (29 642 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
-
Farg‘ona viloyatida 1 893 551 doza,
-
Namangan viloyatida 1 820 628 doza,
-
Andijon viloyatida 1 788 279 dozani tashkil qilmoqda.
Bundan avval O‘zbekistonga Germaniyadan 356 ming doza AstraZeneca vaksinasi olib kelingani haqida xabar berilgandi.







