AQSH federal qidiruv byurosi 11-sentyabr teraktlariga oid yangi materiallarni eʼlon qildi
AQSHda 11-sentyabr teraktlariga oid yangi maʼlumotlar oshkor qilindi.Hujjatlar tashkilot saytiga joylashtirilgan.

Uning kirish qismida bu maʼlumotlar Jozef Baydenning 2021 yil 3 sentyabrdagi qarori aosida eʼlon qilinayotgani qayd etilgan. Bayden shu kuni 11 sentyabr teraktiga oid maxfiy xujjatlarni oshkor qilinishiga topshiriq bergan.
Material 2016 yilga oid bo‘lib, 16 sahifadan iborat. Unda Saudiya Arabistonining Los Anjelesdagi konsulligida ishlagan sobiq xodim ko‘rsatmalari o‘rin olgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan guvohning ism-sharifi oshkor qilinmagan.
Hisobotda aytilishicha, AQSH rasmiylari terrorchilarga yordam bergan bir guruh shaxslar bilan aloqada bo‘lgan, xususan, bu shaxslardan biri Los Anjelesdagi konsullikda ishlagan bo‘lishi mumkin. Yana biri esa Saudiya razvedkasi agenti sifatida gumonlanmoqda.
Maʼlumot o‘rnida, 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi va Vashingtondagi Mudofaa vazirligi binosiga samolyotlar vositasida terakt uyushtirilgan. Oqibatda 3mingga yaqin inson halok bo‘lgan.







