O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 21,6 mlrd dollarga yetdi
Statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, yanvar-iyul holatiga tashqi savdo aylanmasi qariyb 21,6 mlrd dollarni tashkil etdi va 2020 yilning mos davriga nisbatan 10,1% ga o‘sdi.


O‘tgan davrda eksport hajmi 8,1 mlrd dollarga (2,0%) kamayib, import hajmi 13,4 mlrd dollarga (19,0%) ko‘paydi. Tashqi savdoda 5,3 mlrd dollar qiymatida passiv balans kuzatildi.
O‘tgan davrda mamlakat oltin eksporti hajmi qariyb ikki yarim barobarga qisqargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq birja savdolarida sement narxi oshgandi hamda O‘zbekiston-BAA ishbilarmonlar kengashi tashkil etilgandi.







