O‘zbekistonga qochib o‘tgan afg‘on uchuvchilari AQSHning Qatardagi bazasiga olib ketiladi
O‘zbekistonga qochib o‘tgan afg‘on uchuvchilari AQSHning Qatardagi bazasiga olib ketiladi.

Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Gap toliblar hokimyati o‘rnatilgandan keyin O‘zbekistonga qochib o‘tgan 600 ga yaqin uchuvchi haqida ketmoqda. Ular o‘zi bilan 40 dan ortiq samolyot va vertolyotni olib kelgan.
AQSH rasmiy Toshkent bilan ularning keyingi taqdiri borasida kelishuvga erishgan. Maʼlum bo‘lishicha, 585 nafar uchuvchi va ularning oila aʼzolari Qatardagi AQSH harbiy bazasiga jo‘natiladi. Qatardagi bazalar afg‘on qochqinlari uchun tranzit hudud maydoni vazifasini o‘tamoqda.
Nashrning qayd etishicha, qochqinlarning AQSHga olib ketish-ketmasligi nomaʼlum. Ular keyinchalik boshqa mamlakatga ham jo‘natilishi mumkin.
Harbiylar o‘zlari bilan olib kelgan 46 aviatsiya birliklari masalasi ochiq qolgan. Uning tarkibida AQSH Black Hawk va Rossiyaning Mi-17 jangovor vertolyotlari bor. Hozirda “Tolibon” bu qurilmalarning barchasini qaytarishga harakat qilmoqda.
Afg‘onistonda 15 avgust kuni hokimiyat toliblar qo‘liga o‘tdi. Shundan keyin AQSH va G‘arb davlatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onistonliklar evakuatsiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi o‘rtalarida Surxondaryoda afg‘on samolyoti qulab tushgani xabar qilingan edi.







