Jahon

Somalilik muhojir avtobusda 5 nafar yo‘lovchiga pichoq sanchdi

Italiyaning Rimini shahrida avtobusda ketayotgan erkak besh kishiga pichoq bilan hujum qildi, deb yozadi “Corriere”.

Somalilik muhojir avtobusda 5 nafar yo‘lovchiga pichoq sanchdi

 

Maʼlum qilinishicha, bir yo‘lovchi avtobusda  ikki nafar nazoratchi qizga pichoq  sanchgan. Nazoratchi qizlar yo‘lovchidan avtobus chiptasini taqdim etishni so‘ragan. Yo‘lovchi dastlab bu talabga javob bermadi, lekin ikkinchi marta so‘rashganidan so‘ng  sumkasidan pichoq chiqarib, bir qizning bo‘yniga, ikkinchisining yelkasiga sanchdi.

 

Erkak avtobusda yana uchta yo‘lovchi, shu jumladan, voyaga yetmagan bolani jarohatladi. Keyin esa voqea joyidan qochib ketgan.

 

Politsiya gumondorni temir yo‘l bo‘yidan  hibsga oldi: u 26 yoshli Somalidan kelgan muhojir ekani maʼlum bo‘ldi.

 

Xabar qilinishicha, hujumdan sal oldin erkak Italiyada qochqin maqomini olish uchun ariza bergan.

 

Huquq -tartibot idoralari uning hujum paytida giyohvandlik taʼsiri ostida bo‘lishi mumkin degan taxminni bildirgan.

 

Bundan avval Britaniyaning  Bristol shahrida nomaʼlum erkak yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi do‘kon xodimlariga pichoq bilan hujum qilgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Somalilik muhojir avtobusda 5 nafar yo‘lovchiga pichoq sanchdi | Zamon.uz