Jahon

Karib dengizida 2,4 tonna kokain bo‘lgan qayiq aniqlandi

Kolumbiyalik askarlar Karib dengizida 2,4 tonna kokain bo‘lgan qayiqni qo‘lga olishdi. Bu haqda Mudofaa vaziri Diyego Molano Twitter‘da maʼlum qildi.

Karib dengizida 2,4 tonna kokain bo‘lgan qayiq aniqlandi

 

 

"Biz yil boshidan buyon eng katta kokain partiyasini musodara qilishga muvaffaq bo‘ldik. Uning og‘irligi 2,4 tonnadan oshdi. Qiymati esa 80 million dollar" - deb yozadi Mudofaa vazirligi rahbari.

 

Maʼlum bo‘lishicha, kemani hibsga olish San-Andres orolidan 300 km uzoqlikda sodir bo‘lgan. Harbiylar qayiqdagi besh kishini hibsga olishdi, ulardan to‘rt nafari kolumbiyalik.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, kokain "Bay Clan" nomli to‘daga tegishli edi.

 

Kolumbiya harbiy-dengiz kuchlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yilda 235 tonna kokain musodara qilingan.

 

Avvalroq, Britaniya huquq -tartibot idoralari xodimlari Yamayka bayrog‘i ostida harakatlangan elita yaxtani ushlab qolishgan, u yerda ikki tonnadan ortiq kokain bor edi. Olti kishi hibsga olingan.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Karib dengizida 2,4 tonna kokain bo‘lgan qayiq aniqlandi | Zamon.uz