O‘zbekiston 19,8 mln. AQSH dollariga teng gilam eksport qilgani maʼlum bo‘ldi
Давлат статистика қўмитаси маълумотларига кўра, Ўзбекистон 2021 йилнинг январь-июль ойларида қиймати 19,8 млн. AҚШ долларига тенг бўлган гилам экспорт қилган.


O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,4 mln. AQSH dollariga ko‘p.
2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:
Qirg‘iz R. – 6,9 mln.
Ozarbayjon – 4,0 mln.
Afg‘oniston – 2,4 mln.
Rossiya – 2,1 mln.
Saudiya Arabistoni – 1,7 mln.
Qozog‘iston – 1,6 mln.
Tojikiston – 317,5 ming
AQSH – 307,7 ming
Ukraina – 184,3 ming
Turkiya – 114,7 ming AQSH dollari
O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-iyul oylarida 15 ta xorijiy davlatlarga gilam eksport qilgan.
Avvalroq, O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-iyun oylarida qiymati 16,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgani haqida xabar berilgandi.







