O'zbekiston

Kongress ishtirokchilari Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llashdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-sentabr kuni Xiva shahrida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” madaniy forumi yurtimiz hayotida juda katta voqea bo‘lishi kutilmoqda. Mazkur media forum doirasida ko‘plab tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, 13- sentabr kuni O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish va saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi — Uchinchi renessans poydevori” mavzusida V kongressi bo‘lib o‘tdi.

Kongress ishtirokchilari Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llashdi

 

 

O‘zbekiston madaniyat merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati aʼzolari “O‘zbekiston madaniy merosi — Yangi Renessans poydevori” V kongressida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga murojaat qabul qilishdi.

 

Murojaatda O‘zbekistonda Uchinchi Renessans uchun sharoit yaratish uchun qaratilgan milliy g‘oya, avvalo puxta o‘ylangan madaniy siyosatga asoslangani chuqur hurmatga loyiq. Aynan madaniyat mamlakatning tiklanishiga, jamiyat maʼnaviyatining yuksalishiga, odamlarning, ayniqsa, yosh avlodning vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga asos bo‘ladi.

 

O‘zbekistonda milliy madaniyat sohasida tizimli islohotlar tufayli qadimiy yodgorliklarni keng miqyosda tiklash va o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Ilmiy va maʼrifiy ishlar yangi kuch olmoqda. Xalq ijodiyoti hamda nomoddiy merosni asrab-avaylash davlat darajasida qo‘llab-quvvatlanmoqda, deya alohida taʼkidlandi.

 

Dunyoning 40 ga yaqin mamlakatidan 100 nafar olim bevosita ishtirok etayotgan va o‘nlab taniqli mutaxassislar online shaklda muloqotga chiqqan ushbu kongressda O‘zbekistonda madaniy merosni asrash va ommalashtirish bo‘yicha keyingi besh yilda juda katta hajmdagi ishlar amalga oshirilganligidan mamnuniyat izhor etishdi.

 

Muhriddin Nizomiy,

Tojikiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori:

 

 — Biz Toshkentda bo‘lib o‘tayogan Kongressda ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘ldik. Haqiqatdan ham qardosh o‘zbek xalqining tarixiy merosga bo‘lgan eʼtibori har tomonlama tahsinga sazovor. Xalqlarimizning tarixi, madaniyati va adabiyoti bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshirilgan davlat tashrifida Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokaralari davomida ikki xalqning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Ayniqsa adabiyotlarimizning ikki buyuk mumtoz vakillari — Jomiy va Navoiy haqida badiiy film suratga olish tashabbusi barchamizni quvontirdi. Biz kongress doirasida o‘zbek kino sanʼati vakillari bilan mazkur filmni yaratish ishlarini o‘zaro muvofiqlashtirdik.

 

Larisa Kulakova,

Rossiyalik taniqli olim:

 

— Biz O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida loyihasi bilan ushbu loyihaga asos solingan vaqtdan buyon qalin hamkorlik qilib kelamiz. Ayniqsa, davlat Ermitaji to‘plamlarida saqlanayotgan O‘zbekiston madaniy yodgorliklarini alohida kitob sifatida chop etilish hamkorligimizning yorqin namunasidir. Biz bunday hamkorlik aloqalarini kelgusida ham izchil davom ettiramiz.

 

Elmira Gyul,

O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarlarida loyihasining faol mualliflaridan biri, sanʼatshunoslik doktori:

 

— Ochig‘ini aytsam loyihamizning beshinchi kongressi har tomonlama yuqori saviyada o‘tmoqda. 35 tom kitob-albomlarini taqdimoti va tashkil etilgan ko‘rgazmalar, xorijlik hamkasblarimizning madaniy merosimiz haqidagi maʼruzalari barchada yaxshi taassurot qoldirdi. Ayniqsa, o‘zbekistonlik yoshlarning madaniy meros haftaligiga qiziqishini ko‘rib juda hursand bo‘ldim. Shuningdek, kongressda yosh olimlarning faol ishtiroki anjumanga alohida rux bag‘ishladi.

 

Irina Popova,

Rossiyalik taniqli olim, professor:

 

— Xalqaro tajribada noyob hodisa bo‘lgan O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida loyihasi davlat rahbari va hukumati tomonidan izchil qo‘llab-quvvatlanishi uning muvaffaqiyatining omili bo‘lmoqda. Biz, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar ko‘lamidan doimo hayratlanamiz. Chunki o‘zbek xalqining boy madaniy merosini jahonning o‘nlab mamlakatlaridan misqollab yig‘ish, o‘rganish va shu asosda kitob-albomlar chop etish va media materiallar tayyorlash juda katta mehnat va mahoratni talab qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Kongress ishtirokchilari Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llashdi | Zamon.uz