O'zbekiston

“Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan tashabbuslari tahsinga loyiq” — dunyo olimlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 75 sessiyasida ilgari surgan tashabbusi asosida joriy yilning 15 sentyabr kuni Xiva shahrida tashkil etilayotgan “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” madaniy forumi doirasida o‘tgan O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining kongressida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarga va ayniqsa madaniy meros va maʼnaviyatga davlat miqyosida berilayotgan ulkan eʼtibor alohida eʼtirof etildi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan tashabbuslari tahsinga loyiq” — dunyo olimlari

 

 

“O‘zbekiston madaniy merosi — yangi Renessans poydevori” V Xalqaro kongressi ishtirokchilari, dunyoning 40dan ortiq mamlakatlaridan O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommaviylashtirish Butunjahon jamiyati aʼzolari O‘zbekiston Prezidentiga anʼanaviy Murojaat qabul qilishdi. Olimlar Davlat rahbarining mamlakatda, jumladan, ilm-fan va madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va tub islohotlar borasidagi pozitsiyasiga xayrixoh ekanligini taʼkidlagan.

“O‘zbekistonda uchinchi Renessans uchun sharoit yaratishga qaratilgan milliy g‘oya, avvalo puxta o‘ylangan madaniy siyosatga asoslangan. Aynan madaniyat mamlakatning tiklanishiga, jamiyat maʼnaviyatining yuksalishiga, odamlarning, ayniqsa, yosh avlodning vatanparvarligini tarbiyalashga asos bo‘ladi. O‘zbekistonda milliy madaniyat sohasidagi tizimli islohotlar tufayli qadimiy yodgorliklarni keng miqyosda tiklash va o‘rganish ishlari olib borilmoqda, ilmiy va maʼrifiy ishlar yangi turtki olmoqda, xalq ijodiyoti hamda nomoddiy merosni asrab-avaylash davlat darajasida qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Mamlakatning bu merosni asrab-avaylashga qaratilgan siyosati chindan ham tahsinga sazovolr. So‘nggi yillarda u keskin o‘zgarishlarga duch keldi. Bu Sizdan beqiyos  ulkan kuch talab qilgani rost. Sizning ajdodlar yutuqlariga, ularning tajribasini saqlab qolish va takomillashtirishga bo‘lgan shaxsiy eʼtiboringiz va hurmatingiz hammamiz uchun namunadir”, – deyiladi Murojaatda.

 

 

Olimlar, shuningdek, Jamiyat ishining natijalarini taʼkidlashdi.

 

“Mamlakatdagi fan va madaniyat muassasalarining ishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev g‘amxo‘rligi va siyosiy irodasi bilan qo‘llab-quvvatlanayotgani  alohida eʼtirofga sazovor”, — deya qayd etdi RFA Sharq qo‘lyozmalari instituti direktori Irina Popova (Rossiya).

 

“So‘nggi yillarda bizning Jamiyat yuzlab nashriyot, tadqiqot, ommaviy axborot vositalari va ilmiy-maʼrifiy loyihalarni, jumladan, “O‘zbekiston madaniy merosi” turkumidagi ellik jildli rasmli kitob-albomlarni  nashr etish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga oshirdi. Davlat ko‘magi tufayli bu jildlar har biri o‘n ming nusxada nashr etiladi hamda O‘zbekistonning ilmiy va o‘quv muassasalariga, shu jumladan umumtaʼlim maktablariga bepul tarqatiladi. Dunyo muzeylaridagi O‘zbekistonning madaniy merosi haqida hikoya qiluvchi ushbu turkum ustidagi ishlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish, ilmiy anjumanlar o‘tkazish, meros yodgorliklarini o‘rganish bilan bog‘liq boshqa sohalardagi loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda. Sizni ishontirib aytamizki, biz avvalgidek mamlakatingiz merosini asrab-avaylashga o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz”, deyiladi Murojaatda.

 

 

“Biz, dunyoning turli mamlakatlari — Yevropa, Osiyo va Amerikadan kelgan mutaxassislar, Sizning bu sohadagi noyob tashabbuslaringizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. O‘zbekistonning madaniy merosini o‘rganish sohasida ish olib borar ekanmiz, har birimiz O‘zbekiston hududida bronza davridan boshlab, qadim zamonlardan buyon rivojlanib kelgan eng boy madaniyatning qadr-qimmatiga ishonamiz. Bu mamlakatning nihoyatda boy maʼnaviy va moddiy merosi jahon sivilizatsiyasi uchun abadiy qadriyatdir”, —  deb taʼkidladi Temuriylar sanʼati va tarixini o‘rganish assotsiatsiyasi prezidenti va hammuassisi Frederik Bopertyui-Bressand (Fransiya).

 

Kongress ishtirokchilari, Butunjahon jamiyati aʼzolari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston madaniy merosini asrab-avaylash borasidagi tashabbuslari va harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekangini bildirdi.

 

 

“Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlar yuksak hurmatga loyiq. Sharja Arxeologiya boshqarmasi nomidan O‘zbekiston Prezidenti va hukumatiga butun dunyo xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi saʼy-harakatlari uchun minnatdorlik va tashakkurimni izhor qilaman”, — deya o‘z fikrini bildirdi Sharja Arxeologiya kengashi  direktori Eiza Yusif (BAA).

 

Rossiya Davlat Ermitajining bosh direktori Mixail Piotrovskiy Butunjahon jamiyatining V kongressi ishtirokchilariga maxsus murojaat yo‘lladi:

 

“Bizning muzey va O‘zbekistonning ko‘plab muassasalarini uzoq yillik do‘stlik, shuningdek madaniyat va fan sohalarida bugungi murakkab zamonda ham faol davom etib kelayotgan hamkorlik rishtalari bog‘lab keladi. Biz o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan amalga oshirilgan barcha loyihalarga doim mamnun bo‘lib kelganmiz va o‘rtadagi hamkorlik yana uzoq yillar davom etishi, yana-da keng tus olishiga umid qilib qolamiz”.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan tashabbuslari tahsinga loyiq” — dunyo olimlari | Zamon.uz