O'zbekiston

Sudda masofaviy qatnashish mumkin

O‘zbekiston sudlarga raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha dunyoda yetakchi yigirma davlatdan biri. Mamlakat sudlarida so‘nggi besh yillikda sudlar faoliyati to‘la elektronlashtirildi.

Sudda masofaviy qatnashish mumkin
14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudida odil sudlovni amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha sudlar faoliyatiga joriy etilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taqdimoti hamda shu mavzuga doir matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan Oliy Sud Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Bahrom Ochilov sudlarda AKT joriy qilinishi yuzasidan ma’lumot berdi. Joriy etilgan yangiliklardan biri – Respublika sudlarida videokonferensiya tizimidir. Bu barcha tomonlar uchun katta qulaylik yaratgan. Hozirda butun respublika bo‘ylab 321 ta sud majlisi zali ushbu tizim bilan to‘liq ta’minlangan. Videokonferensiya aloqa orqali tomonlar sud zaliga kelishi shart emas. Bu orqali tomonlar shu kungacha 21,4 milliard so‘m mablag‘ tejab qolgan. Shu bilan birga endilikda ushbu tizim tufayli chet eldan turib ham sud ishida qatnashish mumkin. Keyingi bosqichda sud majlisida videokonferensiya aloqa tizimi bo‘yicha maxsus mobil dasturni ishlab chiqish rejalashtirilgan. Shu bilan birga tizim orqali jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslarni sudyalar bilan bevosita bog‘lash maqsad qilingan. Shu kungacha sud qarorlarini olish juda muammoli vazifa edi. Lekin tizimni raqamlashtirish doirasida public.sud.uz platformasi yaratildi. Shu kungacha platforma orqali 1 million 700 mingdan ziyod qonuniy kuchga kirgan qarorlar e’lon qilingan. Yana bir qulaylik – fuqarolik va iqtisodiy sudlarga murojaat qilish uchun da’vo arizalari va boshqa turdagi arizalar namunalari keltirilgan calcute.sud.uz maxsus rukni ishga tushirildi. - Fuqarolarni eng ko‘p qiynaydigan masala bu sudga murojaat qilishdagi hujjatlardir. Ko‘pchilik uni yozdirish uchun advokatga boradi. Advokat xizmati esa pullik. Hozirda bu platformada o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida arizalar namunalari keltirilgan, - deydi Bahrom Ochilov. Oliy sudning boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan jadal integratsiyasi ketmoqda. Avvallari 25 kungacha cho‘ziladigan ma’lumot to‘plash hozirda bir necha kundan oshmaydi. Buning sababi, Oliy Sudning “E-XSUD” tarmog‘i 28 davlat organlari axborot tizimlaridan onlayn ma’lumotlarni olish imkoniga ega. Bularning barchasi ko‘rilayotgan ishlarning tez va samarali yakunlashiga sabab bo‘ladi. Sud tizimidagi byurokratiyaning keskin kamayishiga yordam beradi.
Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Sudda masofaviy qatnashish mumkin | Zamon.uz