Jahon

Bill Geyts yangi pandemiyalarga qarshi kurashning yagona yo‘lini aytdi

Bu haqda Geyts “The Wall Street Journal” nashriga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

Bill Geyts yangi pandemiyalarga qarshi kurashning yagona yo‘lini aytdi

 

 

Uning fikricha, keyingi pandemiyalar hozirgidan-da yomonroq bo‘lishi mumkin. Lekin insoniyat uning oldini olishga harakat qilmayapti. Milliarder yangi pandemiyalarga qarshi eng yaxshi chora — vaksinalarni dastlabki 100 kunda yaratish va ishlab chiqarishni tezlashtirish ekanini taʼkidlagan. Geyts buni amalga oshirishni imkoni bor deb hisoblamoqda.

 

Bundan avval Bill va Melinda Geyts fondi  maxsus hisobotda vaksinalar taqsimotidagi tengsizlikni qoralab chiqqan edi. Hisobotda aytilishicha, rivojlangan davlatlarda allaqachon 80 foizgacha aholi to‘liq emlangan bo‘lsa, qashshoq davlatlarning ayrimlarida bu ko‘rsatkich 1 foizga ham yetmaydi. Masalan, butun boshli Afrika qitʼasi 48 million doza vaksina olgan bo‘lsa, Kaliforniya shtati 42 million dozada vaksina qabul qilgan. Lekin shtat aholisi Afrikanikidan 30 barobar kam. Shuningdek, hisobotda insoniyatning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashning umumiy mexanizmlarini yaratishga qodir emasligi qayd etilgan.

 

Geyts pandemiyaga qarshi faol kurashib kelayotgan shaxslardan. Uning fondi yangi koronaviruslarga qarshi samarali vaksina va preparatlvr yaratish uchun millionlab dollar mablag‘ ajratib keladi. Xususan, 10 sentyabrda fond shu maqsadda 70 million dollar xayriya qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi bolalar ham emlanishi maʼlum qilingan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Bill Geyts yangi pandemiyalarga qarshi kurashning yagona yo‘lini aytdi | Zamon.uz