Bugun respublika bo‘yicha issiq ob-havo saqlanib turadi
“O‘zgidromet” bugun 15-sentabr kuni kuzatilishi kutilayotgan ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.


15-sentabrda kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq, yoz faslidek issiq ob-havo saqlanib turadi. Harorat 30-35 daraja issiq atrofida, janubda 38 daraja issiqqacha bo‘ladi.
Poytaxtda havo quyoshli bo‘ladi. Kunduz kuni havo 32-34 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Tog‘li hududlarda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 23-28 daraja issiqni tashkil etadi.







