O'zbekiston

"Madaniy meros haftaligi"  — jurnalist nigohida

Xabaringiz bor, 13-14 sentyabr kunlari Toshkentda “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” madaniy forumi doirasida «O‘zbekiston madaniy merosi - yangi Renessans poydevori» V Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi.

"Madaniy meros haftaligi"  — jurnalist nigohida

 

    Unda O‘zbekiston, Rossiya, AQSH, Germaniya, Italiya, Vengriya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Yaponiya, Albaniya, Avstriya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Gretsiya, Isroil, Hindiston, Iordaniya, Eron, Xitoy, Livan, Mo‘g‘uliston, BAA, Niderlandiya, Ukraina, Polsha singari 40 ga yaqin mamlakatdan 350 nafar tarixchi va sharqshunos olimlar ishtirok etdi.

 

Mazkur haftalik dunyo madaniyat ixlosmandlarini bir manzilda jam etdi desak yanglishmaymiz. Sanʼatshunos-jurnalist Shahnoza G‘aniyeva o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. 

 

 

— Shuni faxr bilan aytishim mumkinki, uch yildan buyon "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" , deb nomlangan  noyob loyihaning video versiyasi ustida ishlayapman. Bu loyiha shaxsan menda katta taassurot qoldirdi. Shu sabab London, Kembrij, Oksford, Parij, Berlin va Sankt-Peterburg shaharlaridagi noyob muzey va qo‘lyozma fondlarida bo‘ldim. Buning natijasida chet eldagi o‘zbek sanʼati to‘plamlari haqida o‘nlab filmlar tayyorlandi.

Ushbu loyiha doirasida menga Smolniydagi tantanalar paytida namoyish etilgan rus sharqshunosligining 200 yilligiga bag‘ishlangan film suratga olish topshirig‘i berilganidan faxrlanaman. Bunday dasturlar asosida ishlash menga katta zavq bag‘ishlaydi.

 

— Bu galgi kongressga ham quruq qo‘l bilan kelmagandirsiz?

 

— Ushbu kongress uchun 5 ta film  tayyorladim.  Ulardan biri mazkur loyihaning 5 yilligiga bag‘ishlangan. Ana shu vaqt oralig‘ida madaniy meros bo‘yicha juda katta  ishlar amalga oshirildi. Masalan, o‘tgan yili “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumida 35 jildlik noyob kitob-albom taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu yil esa ularning soni 50 taga yetdi.  Kitoblarda turli davrlarga taalluqli, dunyo mamlakatlari to‘plamlari, muzeylari va shaxsiy kolleksiyalarida saqlanayotgan O‘zbekiston tarixi va sanʼatiga oid rang-barang asarlar, qo‘lyozmalar jamlangan.

Birinchi roligimiz biz bilan  hamkorlikda ish olib borgan olimlar, tarixchilar,  muzey rahbarlariga bag‘ishlandi.  Ikkinchi roligimizda 50 jildlik noyob kitob-albomning oxirgi  15 tomi aks etgan. Qolganlari   ushbu loyihaning yangi yo‘nalishlariga bag‘ishlangan.

Bu ishlarni sira to‘xtamaslik kerak, deb o‘ylayman. Chunki bir paytlar yurtimizdan olib ketilgan noyob asar va buyumlarni yana qaytarish imkoni yaratilyapti.

Masalan, bizda sohibqiron Amir Temur o‘g‘li Shohruh Mirzo o‘z qo‘li bilan yozgan  qo‘lyozmalarning  asl nusxasi yo‘q.  Ular taqdir taqazosi bilan Fransiya  milliy kutibxonasiga  borib qolgan. Ana shu qo‘lyozmalarning faksimile nusxalari yurtimizga olib kelindi. Yurtdoshlarimiz ular bilan endi bemalol shu yerda tanishishlari mumkin.

Yana bir qilinayotgan ulkan ish — Qurʼoni Karimning 114 ta nusxasi yagona kitobga jamlanadi.

Kongress doirasida Kamoliddin Behzod miniatyuralariga bag‘ishlangan noyob ko‘rgazma  tashkil etildi. Kelajakda “Moniyni xijolat qilib” kitob-albomining taqdimoti bilan bir qatorda XIV-XX asr boshlarida qadimiy Samarqand qog‘oziga bitilgan xattotlik  namunalari namoyish qilinadi.

Tomoshabinlar dunyo muzeylaridan olib kelingan zamonaviy rassomlar miniatyuralari va xattotlar qo‘lyozmalari namunalari bilan ham tanishishlari mumkin.

 

 

 Munojat Valiyeva 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

"Madaniy meros haftaligi"  — jurnalist nigohida | Zamon.uz