Keti Patten ismli ayol o‘limidan 45 daqiqa o‘tgach hayotga qaytdi
AQSHning Merilend shtatida tibbiy moʻjiza yuz berdi: Keti Patten ismli ayol klinik o‘limidan 45 daqiqa o‘tgach hayotga qaytdi, deb xabar beradi “CBC Baltimor” telekanali.

Ayol qizining ko‘zi yoriyotgani uchun kasalxonaga keldi va o‘sha yerda yurak xurujiga uchradi. Reanimatsiyaga yotqizilgach yuragi 45 daqiqa davomida urmagan.
Bu vaqtda esa uning sakkizinchi nabirasi dunyoga keldi. Qayta tirilgan bemor tez orada o‘ziga keldi va Alora ismli yangi tug‘ilgan chaqaloqni qo‘liga oldi.
Ayolning aytishicha, u uxlab qolib qayta ug‘ongandek bo‘lgan.
"Xudo menga yashash uchun ikkinchi marta imkoniyat berdi. Endi iloji boricha yaxshiroq yashashga harakat qilaman", — deydi Keti Patten.
Bundan avval 73 yoshli, hayotining 39 yilini komada o‘tkazgan fransuz futbolchisi Jan-Per Adams vafot etgani xabar qilingan edi.
Nasiba To‘xtayeva







