Sudyalar oliy kengashi yil yakuni bo‘yicha Prezidentga axborot taqdim etishi kutilmoqda
“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Shavkat Mirziyoyev tegishli qonunni imzoladi. Hujjatga ko‘ra:
amaldagi sudyalarning faoliyatini adolatli baholash tizimini yaratish uchun sudya faoliyatining samaradorligi elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholanishini taʼminlovchi aniq mezonlar yaratiladi;
sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash uchun Sudyalar oliy kengashi tarkibidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari chiqarilmoqda;
Sudyalar oliy kengashiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilmoqda:
sudyalar daxlsizligi buzilganligi va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashilganlik holatlari bo‘yicha prokuraturaga taqdimnoma kiritish;
Sudyalar oliy malaka hayʼatining hamda hududiy malaka hayʼatlarining qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish;
sudyalar orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va ularni barvaqt aniqlash;
Kengashning hamda sud tizimining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash;
sud tizimida korrupsiyaning oldini olish maqsadida:
Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakuni bo‘yicha axborot taqdim etib borish tartibi o‘rnatilmoqda;
Sudyalar oliy kengashida korrupsiyaga qarshi kurashish vazifasi yuklatilgan o‘rinbosar lavozimi hamda Sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi tashkil etilmoqda;







