Jahon

Qozog‘istonda otishma sodir etgan erkakning rafiqasi  Prezidentga murojaat qildi

Maʼlumotlarga ko‘ra, erkak hujumda ov miltig‘idan foydalangan.

Qozog‘istonda otishma sodir etgan erkakning rafiqasi  Prezidentga murojaat qildi

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonning Olmaota shahrida yashovchi erkakni uyidan sud qarori asosida chiqarib yubormoqchi bo‘lganlarga qarata o‘q uzgani haqida xabar tarqalgan edi.

 

Uning oqibatida besh kishi halok bo‘lgan: ikki politsiya xodimi, bir nafar sud ijrochisi, uyning yangi egasi va uning do‘sti. O‘q uzgan erkak va uning rafiqasi haqida qo‘shimcha maʼlumot berildi. Bu haqda “Tengrinews” xabar tarqatdi.

 

 Maʼlumotlarga ko‘ra, erkak hujumda ov miltig‘idan foydalangan. Uning nomidagi qurol 2008-yilda ro‘yxatga olingan. U avval hech qanday dispanser ro‘yxatida turmagan.

 

“Ming afsuski, hamma qonunlar biz xohlagan tarzda ishlamaydi. Davlat voyaga yetmagan bolalarni himoya qilmaydi. Men uch farzandning onasiman. Bank bizni aldadi. U bizga xabar qilmay mulkimizni  sotdi. Hammasi qanday sodir bo‘ldi, bilmayman. Men faqat o‘q ovozlarini eshitdim. Agar o‘sha paytda prokuror kelib, hamma narsani yotig‘i bilan tushuntirganida edi, bunday bo‘lmasmidi. Qon to‘kildi, odamlar va erim jarohatlandi, oilam aziyat chekdi. Prezidentga bir necha marta marta murojaat qilganman, hozir ham murojaat qilyapman. Farzandlarimni himoya qiling. Bolamning yuragida nuqsoni bor, ammo sud ijrochisi bunga ahamiyat bermadi”, — degan  o‘q otgan erkakning ayoli jurnalistlarga.

 

 Maʼlumot uchun: voqea 20 sentyabr soat 17:00 atrofida Alatau tumanidagi Oqbuloq mikrorayonida sodir bo‘lgan. Erkak oilasi bilan yashab turgan uyi bank to‘lovini to‘lolmagani uchun sud uyni tortib olish va boshqa kishiga sotish haqida qaror chiqargan. Ammo erkak va uning oilasi uydan chiqishni xohlamagan, sud qarori ijrosini taʼminlash uchun kelgan sud ijrochilari, tuman politsiyasi xodimlari, uyning yangi egasi va uning do‘stiga qarata o‘q uzgan.

 

 Oqibatda besh kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi, jumladan o‘q uzgan odamning o‘zi ham yaralangan.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Qozog‘istonda otishma sodir etgan erkakning rafiqasi  Prezidentga murojaat qildi | Zamon.uz