Jahon

Ukraina Prezidenti maslahatchisi mashinasiga o‘q uzildi. Haydovchi og‘ir ahvolda

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy maslahatchisi Sergey Shefirga suiqasd uyushtirildi. Uning mashinasi o'qqa tutilgan.

Ukraina Prezidenti maslahatchisi mashinasiga o‘q uzildi. Haydovchi og‘ir ahvolda

 

 

 

“Avtomobilga 10 dan ortiq o‘q tekkan. O‘q “Kalashnikov” avtomatidan otilgan. Shefir ishga ketayotganda, o‘rmon tarafdan o‘q uzilgan”, — degan Ukraina ichki ishlar vazirligidagi manba. Shefirga hech narsa qilmagan, ammo haydovchiga uchta o‘q tekkan.  IIV maʼlumotlariga ko‘ra, uning ahvoli og‘ir.

 

Xabarda aytilishicha, suiqasd 22-sentyabr kuni Kiyev viloyatining Lesniki tumanida sodir etilgan. Hozirda ikki yoki undan ortiq shaxsga suiqasd qilish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Prezident ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyakning fikricha, ushbu hodisa hukumatning oligarxlarga qarshi kurashi ortidan yuz bergan bo‘lishi mumkin.

 

Ukraina parlamentidagi hukmron partiya “Слуга народa” (Zelenskiy partiyasi) fraksiyasi rahbari David Araxamiya suiqasdning uch ssenariysini aytib o‘tdi.

 

Birinchi taxminga ko‘ra, suiqasd  jinoyatchilar olami tomonidan tashkillashtirilgan. Ikkinchi variantga ko‘ra, bu Rossiya maxsus xizmatlarining ishi bo‘lishi mumkin. Mamlakat moliya-sanoat doiralari o‘rtasidagi o‘zaro kurash uchinchi taxmin sifatida ko‘rilmoqda. Arxamiya suiqasdni bevosita Prezidentga qilingan murojaat sifatida baholadi. Chunki “Shefir – diplomat, u istalgan kishi bilan til topishadi. Bu  Prezidentga qilingan murojaatdan boshqa narsa emas”, — degan parlament aʼzosi.

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu hodisa ortida kim turganini bilmasligini aytgan. Shuningdek, u BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishidan keyin darhol Kiyevga qaytishini maʼlum qildi. Zelenskiy suiqasdga qarshi qatʼiy javob berishini taʼkidladi.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Ukraina Prezidenti maslahatchisi mashinasiga o‘q uzildi. Haydovchi og‘ir ahvolda | Zamon.uz