Avstraliya o‘z chegaralarini shu yilning 25-dekabriga qadar ochishi mumkin
Avstraliya o‘z chegaralarini shu yilning 25 dekabriga qadar ochishi mumkin, deya maʼlum qildi “SBD” telekanali.


Rojdestvoga qadar emlash jarayoni davom etgan holda chegaralarni ochadigan milliy reja tuziladi.
Iyul oyi oxirida Avstraliya hukumati tomonidan qabul qilingan milliy rejaga binoan, avstraliyaliklarga mamlakatning 16 yoshdan oshgan 80 foiz aholisi milliy regulyator tomonidan tasdiqlangan koronavirus vaksinasining ikkita komponenti bilan emlanganidan keyin yana chet elga chiqishiga ruxsat beriladi.
Avstraliyaning barcha mintaqalari rahbarlari dastlab bu rejaga rozi bo‘lganiga qaramay, keyinchalik mamlakatning ikkita yirik shtati - G‘arbiy Avstraliya va Kvinslend bosh vazirlari koronavirus to‘liq tugamaguncha o‘z hududlari chegaralarini ochmasligini eʼlon qildi.
Avstraliya chegaralari pandemiya tufayli 2021-yil 24-martda yopilgan edi. Hukumat qaroriga ko‘ra, chet elliklarning mamlakatga kirishi taqiqlangan, avstraliyaliklar uylariga qaytishlari mumkin, biroq vataniga qaytuvchilar soni haftasiga 3,5 ming bilan cheklangan.
Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, hozirga qadar 45 ming nafar Avstraliya fuqarosi o‘z vataniga qaytishini kutmoqda va ularning 4,7 mingga yaqini og‘ir ahvolda ekani aytilgan.
Nasiba To‘xtayeva







