Jahon

Tog‘li Qorabog‘ degan hudud yo‘q — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon Prezidenti BMTdagi chiqishida Ozarbayjon masalasiga to‘xtaldi. Bu haqda “ТАСС” xabar qildi.

Tog‘li Qorabog‘  degan hudud yo‘q — Ilhom Aliyev

 

 

“Ozarbayjon harbiy-siyosiy yo‘l bilan 30 yillik nizoni hal qildi, o‘z hududiy yaxlitligi va tarixiy adolatni tikladi. Qorabog‘ nizosi o‘tmishda qoldi. Ozarbayjonda endilikda Tog‘li Qorabog‘ nomli maʼmuriy-hududiy birlik yo‘q. 7-iyuldagi Prezident qarori bilan biz Qorabog‘ va Sharqiy Zangezur iqtisodiy zonasini tashkil qildik. Fursatdan foydalanib, huquqiy jihatdan mavjud bo‘lmagan nomlarni ishlatmaslikka chaqiraman”, — degan Ilhom Aliyev. U Tog‘li Qorabog‘ nomini ishlatishni “siyosiy nayrang” sifatida baholagan.

 

Shuningdek, Ozarbayjon rahbari xalqaro energetik kompaniyalarni Qorabog‘ hududida “yashil” energetikani rivojlantirishga chaqirib: “Men xalqaro energetik kompaniyalarni Ozarbayjonning ozod qilingan hududlariga investitsiya kiritishga chaqiraman”, — deb aytgan.

 

Bundan avval Qorabog‘ va Sharqiy Zangezur “yashil” energetika zonasi deb belgilangani maʼlum qilindi. Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, bu hududlarning energetik salohiyati 7.2 megavatt quyosh va 2 ming megavatt shamol energiyasini tashkil etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Ilhom Aliyev Qorabog‘ nizosi to‘liq barham topganini maʼlum qilgandi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Tog‘li Qorabog‘ degan hudud yo‘q — Ilhom Aliyev | Zamon.uz