Bugun O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi
Gidrometeorologiya xizmati markazi bugun, 28-sentabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi.


Qayd etilishicha, 28-sentabrda kunduz kuni respublika hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduz kuni 23-28 daraja issiqni, shimolda 20-25 daraja issiqni tashkil etadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 26-28 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-22 daraja iliq bo‘ladi.







