Bugun O‘zbekistonning baʼzi joylarida havo o‘zgarib turadi
“O‘zgidromet” bugun 29-sentabr kuni kuzatilishi kutilayotgan ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.


Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 23-28 daraja issiq, shimolda 20-25 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 26-28 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-22 daraja iliq bo‘ladi.







