O'zbekiston

Prezident xalqaro kinofestival ishtirokchilarini qutlab, ularga muvaffaqiyat tiladi

Bugun, 28-sentyabr kuni O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivaliga start berildi. Ayni paytda, kinofestivalning tantanali ochilish marosimi Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda yakunlanmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev festival ishtirokchilarini samimiy muborakbod etdi.

Prezident xalqaro kinofestival ishtirokchilarini qutlab, ularga muvaffaqiyat tiladi

 

 

Hurmatli festival qatnashchilari!

Muhtaram mehmonlar!

Xonimlar va janoblar!

 

Avvalo, “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilishi bilan siz, qadrli ishtirokchilarni –mashhur aktyor va rejissyorlar, operator va rassomlar, prodyuserlar, kinoshunos olimlar, taniqli madaniyat arboblarini chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

 

Sharq darvozasi, azim Toshkent shahriga, qadimiy va betakror O‘zbekiston zaminiga xush kelibsiz!

 

Bugungi global dunyoda eng ommaviy va ta’sirchan san’at turi bo‘lmish kinoning yer yuzidagi turli xalqlar va madaniyatlarni o‘zaro yaqinlashtirish, tinchlik, do‘stlik va gumanizm g‘oyalarini targ‘ib etish borasidagi o‘rni va ahamiyati ortib bormoqda.

 

Biz barpo etayotgan yangi O‘zbekistonda jahonning uzoq va yaqin davlatlari bilan barcha sohalar qatori madaniy jabhada ham samarali hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.

 

O‘zining 50 yildan ziyod tarixi va an’analariga ega bo‘lgan Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklanib, “Ipak yo‘li durdonasi” degan yangi nom bilan “Tinchlik, ma’rifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgani shu yo‘ldagi ulkan amaliy qadamdir.

 

Hech shubhasiz, dunyoning qariyb 50 mamlakatidan 300 dan ziyod san’at ustalari, jahon kino yulduzlari ishtirok etayotgan ushbu anjuman sohadagi bugungi rivojlanish jarayonlari, ijodiy izlanish va tajribalarni atroflicha tahlil etib, hamkorlik istiqbollarini belgilab olishda o‘ziga xos muloqot maydoni, yosh ijodkorlar uchun mahorat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

 

Bir asrdan ziyod boy tarix va an’analarga ega bo‘lgan o‘zbek kino san’ati o‘zining milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida yaratilgan yetuk asarlari bilan jahon kinematografiyasida munosib o‘rin egallashi sizlarga yaxshi ma’lum.

 

Mamlakatimizda keyingi paytda barcha sohalar qatori kinematografiya tizimi rivojiga ham ustuvor ahamiyat berilmoqda. Ijod erkinligi, sog‘lom ijodiy raqobat, xususiy mulk daxlsizligi kabi demokratik tamoyillar ushbu sohaga ham dadil joriy etilmoqda.

 

Kinostudiyalarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, ularga imtiyoz va preferensiyalar berish, yuksak didli tomoshabinlarning talablariga javob beradigan badiiy yetuk kartinalar yaratish, jamiyatimizda kino san’atini keng ommalashtirish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

 

Muhtaram festival ishtirokchilari!

 

Bugungi kunda shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda ijtimoiy voqelikka, jumladan, madaniyat va san’atga qarash va mezonlar tinimsiz yangilanib borayotgani barchamiz uchun ayon haqiqatdir. Bu jarayonlar hayotni yaxlit bir holda, jamiki ziddiyat va murakkabliklari bilan haqqoniy aks ettiradigan kinematografiya rivojiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi tabiiy, albatta.

 

Aminmanki, qayta tiklangan, o‘z tarixida yangi sahifa ochayotgan Toshkent xalqaro kinofestivali zamonning o‘zi talab qilayotgan ana shunday yuksak badiiy mezonlar ruhida o‘tadi.

 

Ishonchim komil, XIII Toshkent xalqaro kinofestivali ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi uchun chinakam san’at bayramiga aylanib, yangi nom va iste’dodlarni kashf etadi, kinoijodkorlar va kino ixlosmandlari xotirasida yorqin taassurotlar qoldiradi.

 

O‘ylaymanki, sizlar festival doirasida mamlakatimizning qadimiy va zamonaviy shaharlarida bo‘lib, turli soha vakillari bilan uchrashib, Yangi O‘zbekistondagi keng ko‘lamli o‘zgarishlardan bevosita xabardor bo‘lasiz.

 

Siz, azizlarni yana bir bor chin dildan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, ijodiy yutuqlar, festival ishiga esa muvaffaqiyatlar tilayman.

 

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.