Yaponiyaning 100-bosh vaziri tayinlandi
Fumio Kisida Yaponiyaning 100-bosh vaziri etib tayinlandi. U, shuningdek, hukmron Liberal-demokratik partiya rahbari etib ham saylandi.


Kisida va Taro Kono bosh vazir saylovlarining ikkinchi turida o‘zaro kurash olib bordi. Kisida 427 ovozdan 257 tasini qo‘lga kiritgan. Sobiq Mudofaa va tashqi ishlar vaziri Kono esa 170 ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Shu tariqa Kisida Liberal-demokratik partiyasining yangi yetakchisi va Yaponiyaning 100-bosh vaziriga aylandi. U parlament deputatlarinning qo‘llab-quvvatlashi tufayli ushbu lavozimni egalladi.
Saylovda bu ikki nomzoddan tashqari Sanae Takaiti va Seyko Noda ham kurash olib bordi. Ammo ular birinchi turda yetarli ovoz to‘play olmagan va kurashdan chiqib ketgan.
Kisida 1957-yilda tug‘ilgan. 2007-2008 yillarda Okinava va “Shimoliy hududlar” vaziri, 2012-2017 yillarda tashqi ishlar vaziri bo‘lgan. Uning 4-oktabr kuni yangi lavozimga kirishishi kutilmoqda.
Avvalroq Yaponiyada to‘fon tufayli 400 kishi evakuatsiya qilingani hamda Shimoliy Koreya Yaponiya tarafga ikki raketa uchirgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev







