Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi
Gidrometeorologiya xizmati markazi bugun, 30-sentabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi.


Qayd etilishicha, bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, hududning baʼzi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28 daraja issiq, shimolda 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 24-26 daraja issiqni tashkil etadi.
Tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, Toshkent viloyatining baʼzi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22 daraja iliq bo‘ladi.







