O'zbekiston

Jerar Depardye Toshkentda

“Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali munosabati bilan yurtimizga fransuz aktyori Jerar Depardye tashrif buyurdi. Bugun “O‘zbekfilm” kinokotsernida ushbu taniqli aktyor va yosh ijodkorlar o‘rtasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jerar Depardye Toshkentda

 

Jerar Depardye:

Men O‘zbekistonga avval ham kelganman. Aholining yashash tarzi urf-odatlari va baʼzi qadimiy o‘yinlaridan xabarim bor. Masalan uloq va ko‘pkari milliy o‘yinlarini bilaman. Hattoki qishloqlarda bu o‘yinlarni ko‘zim bilan ko‘rish imkoniyati ham bo‘lgan. Ana o'shandagina bu millat haqida film olish istagi ilk bor tug‘ilgan. Ushbu mamlakatning tarixiy joylari Samarqand va Buxoroda ham bo‘lganman. To‘g‘risini aytsam, o'sha vaqtda o‘zimni ertaklar shahriga tushib qolgandek his qilgan edim. Meni festivalga taklif qilishganida esa yana shu mamlakatga tashrif buyurishimdan boshim osmonga yetdi. Bu mamlakatga mehrim juda balandligini bilgan baʼzi yaqin tanishlarim: “Balki sening tomiringda o‘zbeklar qoni ham qisman bordir” deb ham hazillashishdi. Men boshqa mamlakatlarga borganimda o‘zbeklar xonadonida mehmonda bo‘ldim. O‘zbek xalqining qanday mehmondo‘st ekanligiga yana bir karra amin bo‘ldim.

Yana bir muhim jihatga to‘xtalmoqchiman, bu yerga kelayotganimda yo‘lda cherkovlarni ko‘rdim. O‘zbekistonda har qanday din vakillarini ham iliq qarshi olishlarini eshitib juda taʼsirlandim. Bu esa o‘zbeklarni bag‘rikengligidan dalolatdir.

O‘zbekistonda hujjatli film olibsiz shu haqda gapirsangiz?

Ha biz O‘zbekistonda hujjatli film oldik. Bu filmning syujeti yurtining tarixi, madaniyati va urf odatiga bo‘lgan muhabbati haqidadir. Sababi bu yerda tarixiy buyuk shaxslar yashab o‘tgan. Ular haqida ko‘plab filmlar olish mumkin. Shuningdek, meni “Orol” dengizi ham qiziqtirib qo‘ydi. Butun boshli “Orol” yo‘q bo‘lib ketgani meni chuqur o‘ylantirdi. Albatta ekolog emasman, ammo tabiatga befarq ham qarab turolmayman. Bu men uchun “SHOK” bo‘ldi. Ushbu masalada ham hujjatli film olish istagim bor.

Ijodingiz haqida gapirib bering?

Men ijodimni teatrdan boshlaganman. Sahna nutqini mukammal egallash uchun qo‘shimcha darslarga qatnaganman. Juda ko‘p badiiy kitoblar o‘qiganman. Turgenev, Balzak, Pushkin asarlarini sevib o‘qiganman. Sizlarga ham tavsiya qilaman.

Kinoda rol ijro etishni kech boshlaganman. Kinoni men juda sevaman. U meni hayotining bir bo‘lagi. Meni negadir doim sarguzashtli filmlarga taklif qilishgan. Men esa doim jiddiy filmlarda rol ijro etishni istardim. Agar hozir ham jiddiy rol taklif qilishsa bajonidil taklifni qabul qilaman.

Ko‘proq qaysi davlat filmlarida rol ijro etish sizga yoqadi?

Albatta Rossiya davlatining filmlarida rol ijro etish yoqadi. Amerika davlati filmlarida unchalik sevib rol ijro etmaganman. Umuman olganda men erkin filmlarini yaxshi ko‘raman.

Bizga maʼlumki qaysidir muddat davomida siz Rossiya fuqarosi bo‘lib Moskvada yashadingiz, o‘zingiz aytishingiz bo‘yicha O‘zbekiston ham sizga juda maʼqul ekan. Aytingchi, keyinchalik O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib yurtimizda qolishingiz ham mumkinmi?

Men shundoq ham O‘zbekiston madaniyati bo‘yicha elchiman. Endi bu davlatga doimiy kelib-ketib yuraman. Juda ko‘p filmlar olish rejamda bor.

 

Munojat Valiyeva

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Jerar Depardye Toshkentda | Zamon.uz