Efiopiya hukumati BMTning yetti vakilini mamlakatdan chiqarib yubormoqchi
Efiopiya hukumati aholiga gumanitar yordam ko‘rsatishda ishtirok etayotgan BMTning yetti vakilini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi.

AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken bu qarorni qoraladi va agar bekor qilinmasa, sanksiyalar bilan tahdid qildi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti saytidagi rasmiy bayonotda aytilgan.
Qayd etilishicha, mamlakatdan chiqarib yuboriladigan rasmiylar orasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) raisi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbari ham bor.
U, shuningdek, Efiopiya hukumatini BMT va xalqaro hamkorlar bilan ishlashga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, Efiopiya rasmiylarining BMT vakillarini chiqarib yuborish haqidagi bayonoti BMT vakili Martin Griffits mamlakatda sunʼiy ochlik boshlanishi haqida ogohlantirgandan so‘ng eʼlon qilingan edi.
Bundan avval AQSH Mudofaa vazirligi amerikalik harbiy xizmatchilarning o‘z joniga qasd qilish holati ko‘paygani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Nasiba To‘xtayeva







