Jahon

Aleksey Navalniyga “Ozodlik ritsari” mukofoti berildi

“Meduza”ning xabar berishicha, Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Polshaning Kazimir Pulavskiy nomli fondi tomonidan taʼsis etilgan “Ozodlik ritsari” mukofotiga loyiq ko‘rildi.

Aleksey Navalniyga “Ozodlik ritsari” mukofoti berildi

 

 

Maʼlumki, “Ozodlik ritsari” mukofoti 2005 yildan buyon “butun dunyoda demokratiya, erkinlik va tenglik taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan” kishilarga beriladi. Bundan avval, ushbu mukofotga loyiq topilgan yagona rossiyalik Mixail Xodorkovskiy edi.

 

Taqdirlash marosimi 5 oktyabr kuni Varshavada bo‘lib o‘tadi. “Iv Roshe” ishi bo‘yicha koloniyada jazo o‘tayotgan Navalniyning o‘rniga mukofotni uning safdoshlari Vladimir Milov va Leonid Volkov qabul qiladi.

 

Maʼlumot uchun, Kazimir Pulavskiy fondi Polshaning tashqi siyosat va xalqaro xavfsizlik masalalariga ixtisoslashgan tahlil markazi hisoblanadi. Fond XVIII asrda fidoyilik ko‘rsatgan polshalik general Kazimir Pulavskiy nomi bilan ataladi. Fondning tarkibida 60 nafar ekspert mavjud. Ularning asosiy tadqiqot yo‘nalishlari Rossiya va possovet hududidir. Har yili fond Varshava Xavfsizlik forumini o‘tkazadi, unda Yevropa Ittifoqi va NATO mamlakatlari vakillari ishtirok etadi.

 

Shu yil boshida Aleksey Navalniy Boris Nemsov nomidagi fond mukofotiga (u mukofot pulni siyosiy mahbuslarning oilasiga topshirgan) va Jeneva Inson huquqlari forumi mukofotiga sazovar bo‘lgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saakashvili nima uchun Gruziyaga qaytgani maʼlum qilingani xabar qilingandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.