Bugun Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi — “O‘zgidromet”
Gidrometeorologiya xizmati markazi bugun, 2 oktyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi.


Bugun Toshkent viloyatida ertalab baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qayd etilishicha, poytaxtda ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-10 daraja iliq bo‘ladi.







