Dasturchining o‘limi haqida maqola yozgan jurnalist hibsga olindi
"Lenta dnya"ning xabar berishicha, "Komsomolskaya pravda" gazetasining belaruslik jurnalisti — Gennadiy Mojeyko Moskvada hibsga olingan.


Xabarda aytilishicha, jurnalist Minskdagi xonadoniga bostirib kirgan KGB xavfsizlik kuchlariga o‘q uzgan marhum Andrey Zelser haqida maqola yozgani uchun hibsga olingan.
Uning uyiga bostirib kirishganida 31 yoshli dasturchi Zelser xavfsizlik xodimlariga o‘q uzgan va javob tarzida otilgan o‘qdan halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval AQSHda besh nafar jurnalist qotiliga 345 yil qamoq jazosi tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







