O'zbekiston

Lyuk Besson: Biz yosh ijodkorlarga kino yaratish imkoniyatini taqdim etishimiz kerak

“Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bugun, 2 oktyabr kuni taniqli fransuz kinorejissyori Lyuk Besson bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Lyuk Besson: Biz yosh ijodkorlarga kino yaratish imkoniyatini taqdim etishimiz kerak

 

Unda rejissyor filmlarining yaratilishi haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi va yosh kinoijodkorlarga o‘z maslahatlarini berdi.

 

“Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etayotganimdan juda ham mamnunman va shuni aytmoqchimanki, festival birinchi navbatda yoshlar uchun. Biz yosh ijodkorlarga kino yaratish imkoniyatini taqdim etishimiz kerak. Esimda, endigina film suratga olishni boshlaganimda, yakuniy natijani faqatgina ota-onamga ko‘rsata olardim, Chunki filmlarimni taniqli kinoijodkorlarga baholash uchun ko‘rsatishning imkoni yo‘q edi.

Endi xohlagan kishi qisqa metrajli film suratga olishi, uni montaj qilishi, internetga yuklashi va shu orqali dunyoga tarqatishi mumkin. Menimcha, yoshlar juda omadli, chunki hozir ular uchun har qanday imkoniyatlar mavjud”, — dedi u.

 

Uchrashuv davomida Lyuk Besson yoshlarga o‘zining kerakli maslahatlarini ham berdi:

 

“Men beradigan eng yaxshi maslahat — o‘zingizga nisbatan to‘g‘riso‘z bo‘ling. Yuragingizdan, qalbingizdan joy olgan ishni qiling. Ana shunda natija insonlarga yoqadi. Agar hikoyangiz yaxshi ekanini bilsangiz, taslim bo‘lmang. Men o‘z vaqtida qancha rad javobini olganimni bilmaysiz. Sizning filmingiz sizning o‘zligingizni aks ettirishi kerak. Axir, ekranda ko‘rsatiladigan his-tuyg‘ular haqiqiydir.”

Fransuz rejissyori o‘zbek kinosi haqida ham o‘z fikrlarini bildirdi.

 

“O‘zbekiston ajoyib mamlakat. Ishonamanki, o‘zbek kinematografiyasining filmlari Kann kinofestivalida munosib o‘rin egallaydi. Men, albatta, ularni qachondir u yerda ko‘rishga umid qilaman”.

 

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank” ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank” AJ, “Farg‘onaazot” AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

 

Avvalroq fransuz aktyori Jerar Depardye, amerikalik taniqli prodyuser Bob Van Ronkel hamda hind aktyori Gulshan Grover Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etayotgani va ular festival haqidagi o‘z fiklarini bildirgandi. Shuningdek, ravshana kurkova ona shahrim — toshkentda fevtival sabab mehmon bo‘lgani haqida xabar berilgandi. 

 

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

Markaziy bank prudensial me’yorlar va qonunchilik talablarini buzgan bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida bolalarga uyda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi onasiga tegishli Cobalt’ni haydovchilik huquqisiz boshqarib, yoritish ustuniga urilgan.

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar tariflari qayta ko‘rib chiqildi.