Jahon

Кuz-qish mavsumida ko‘cha chiroqlari o‘chiriladi

Qirg‘izistonda kuz-qish mavsumida elektr energiyasini tejash uchun ko‘cha chiroqlarini yoqish taqiqlandi. Bu haqda “24.kg” xabar tarqatdi.

Кuz-qish mavsumida ko‘cha chiroqlari o‘chiriladi

 

 

Unda aytilishicha, mazkur tizim kuz va qish mavsumida amalda bo‘ladi.

 

Qirg‘iziston Milliy energetika raisi Talaybek Baygaziyevning jurnalistlarga maʼlum qilishicha, uy xo‘jaligi bo‘lmagan abonentlar elektrdan oqilona foydalanmayapti. Mazkur xulosa elektr energiyasi isteʼmoli tahlilidan kelib chiqqan.

 

“To‘g‘ri, bitta lampochka hech narsani anglatmaydi. Lekin bunday lampochkalar butun mamlakat bo‘ylab  millionlab. Buning oqibatida, yaxshigina harajat kelib chiqadi. Ayrimlarimizning hovlimizda bir nechta lampochka bor. Eʼtibor bering, tungi kafe yonida 100 ta chiroq yonib turadi, garchi ular “LED” lampalari bo‘lsa ham. Mazkur lampalar ham qariyb 7-8 vatt energiya sarf qiladi. Ularning hammasini qo‘shib ko‘ring-chi, qancha bo‘ladi?

Qishloq hokimiyati har yili qariyb 100 million kilovatt-soat elektr energiyasi isteʼmol qiladi. Shu joyda ham yorug‘lik tundan tongacha yonib turadi. Park maydonlarida hamma narsa ertalabgacha yonadi. Xo‘sh, umuman, kim ertalabgacha yuradi? Oddiy odamning belgilangan vaqti bo‘ladi. Yaʼni, soat 22.00-23.00 gacha piyoda yurish, keyin uxlash”- deya tushuntirgan rasmiy.

 

Endilikda qo‘shni respublikada tungi istirohat bog‘lari va kafelarning ko‘cha chiroqlari hamda reklama yoritgichlari o‘chiriladi. Biroq bu bilan qancha elektr energiyasi tejalishi haqida aniq maʼlumot berilmagan.

 

"Bizning xalqimiz tejamkor va bunga tez ko‘nikadi. Yo‘llar yoritilishini o‘chirishga kelsak, yarim tundan keyin asosan ikkinchi darajali ko‘chalar o‘chiriladi. Poytaxtning asosiy yo‘llari va markaziy ko‘chalari o‘chirilmaydi. Itoatsizlik uchun jazo qo‘llanmaydi. Endi siz konditsioner tizimidan voz kechishingiz mumkin. Gap xonadonlarda elektr tokini o‘chirish haqida ketmayapti, lekin pulni tejash foydadan xoli emas”, - deya xulosa qildi Milliy energetik xoldingi rahbari.

 

Bundan avval Surxondaryo va Xorazmda elektr stansiyalari qurilishi, Samarqandda 100 million dollarlik fotoelektr stansiyasi yaqin oylarda qurib bitkazilishi hamda bu yilgi kuz-qish mavsumida mamlakatimizda elektr energiyasi qanday holatda bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Кuz-qish mavsumida ko‘cha chiroqlari o‘chiriladi | Zamon.uz