O'zbekiston

Ravshana Kurkova ona shahri — Toshkentda xalqaro kinofestival sabab mehmonda bo‘ldi

“Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida ijodiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bu nafaqat ijodkorlar, balki sanʼat, kino olamiga qadam qo‘yayotgan yoshlar uchun chin maʼnoda mahorat, tajriba va sinov maydoni bo‘lmoqda.

Ravshana Kurkova ona shahri — Toshkentda xalqaro kinofestival sabab mehmonda bo‘ldi

 

Bugun, 2-oktabr kuni Kinematografiya agentligi binosida Ravshana Kurkova bilan uchrashuv hamda mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalistlar va yoshlar ishtirok etishdi.

 

 

Savol-javob tarzida o‘tgan uchrashuv ko‘pchilikda iliq taassurotlar qoldirdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aktrisa hayotiy tajribalariga tayanib, javob berdi.

 

— Yoshligimdan aktrisa bo‘lishni orzu qilardim. Ochiqchasiga aytaman, ijod yo‘liga osonlikcha kirib kelmaganman. Bugungi kungacha bo‘lgan natijalar uzoq izlanishlarim va tinimsiz mehnatim mahsulidir. Hamkasblarim orasida ijod yo‘llarini erta boshlaganlari ham bor. Ammo men bu sohaga kech kirib kelganman. Asosiy loyihalar, katta rollarim so‘nggi 12 yil ichida ijro etilgan. Hozir 41 yoshdaman. Shu yerdagi yoshlar va muxlislarning meni kutib olishidan mehnatlarim zoye ketmaganini angladim. Meni ilk ijrolarim kichik va epizodik rollardan boshlangan. Muhimi, tasvirga olish maydonchasida bo‘lishga intilardim. Men juda ham masʼuliyatli insonman. Bu mening qonimga singib ketgan. Asli, toshkentlik bo‘lganim uchun bizning oilada tartib-intizomga alohida eʼtibor qaratilgan. Doim oldinga intilib yashaganman. Aynan, shu feʼl-atvorim mening yutug‘im bo‘lgan. Menga omad doimo kulib boqqan. Shu o‘rinda aytib o‘tish joiz, men aktyor deya qayd etilgan hech qanday diplomga ega emasman. Aktyorlik aslida bu – mahorat, aktyorlik bu – iqtidor.

 

 

Maʼlumot uchun: aktrisa o‘zbekistonlik aktyor Bahrom Matchonovning qizi.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank” ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank” AJ, “Farg‘onaazot” AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

 

Аvvalroq fransuz aktyori Jerar Depardye, amerikalik taniqli prodyuser Bob Van Ronkel  hamda hind aktyori Gulshan Grover Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etayotgani va ular festival haqidagi o‘z fikrlarini bildirgandi. 

 

Bahriniso Madumarova

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ravshana Kurkova ona shahri — Toshkentda xalqaro kinofestival sabab mehmonda bo‘ldi | Zamon.uz