O'zbekiston

O‘zbekistonda bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etilmoqda

Prezident “Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

O‘zbekistonda bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi  tashkil etilmoqda

 

 

Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasining Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etish va unga muassislik qilish to‘g‘risidagi taklifi maʼqullandi.

 

Quyidagilar Bolalar jamoat fondining eng muhim vazifalari etib belgilangan:

 

  • og‘ir vaziyatga tushgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni aniqlash va ularga manzilli ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini tashkil etish va moliyalashtirish;

  • bolalarning hayoti uchun xavf soluvchi og‘ir, surunkali hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va ularni respublikada yoki zarur hollarda xorijiy davlatlarda davolash uchun tibbiy, ijtimoiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha mexanizmlarini joriy etish;

  • ehtiyojmand oilalarning farzandlari hamda imkoniyati cheklangan bolalarni bepul dori vositalari, tibbiy va protez-ortopedik buyumlar bilan taʼminlash;

  • jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni taʼlim olishlarida ko‘maklashish, shu jumladan, maxsus o‘quv adabiyotlar va o‘quv qurollari bilan taʼminlash;

  • nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish, ularga qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar o‘rgatish va ularni uy sharoitida o‘zini o‘zi band qilishi uchun asbob-uskunalar bilan taʼminlash;

  • og‘ir tashxisli kasalliklari bo‘lgan bolalarni parvarish qilayotgan kam taʼminlangan oilalarni homiylikka olish;

  • nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir, shu jumladan, ularga yuqori texnologik ixtisoslashgan reabilitatsion tadbirlarni tashkil etish va moliyalashtirish.

 

Bolalar jamoat fondi boshqaruvining yuqori organi uning muassislari umumiy yig‘ilishi hisoblanib, ushbu yig‘ilish har yili kamida bir marta o‘tkaziladi. Bolalar jamoat fondining Vasiylik kengashi Bolalar jamoat fondi boshqaruvining umumiy yig‘ilishlari oralig‘idagi rahbar organidir.

 

Bolalar jamoat fondi ijrochi direktori lavozimga Bolalar jamoat fondining Vasiylik kengashi tomonidan muassislar umumiy yig‘ilishi taqdimnomasiga muvofiq tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Bolalar jamoat fondi ijro direksiyasining shtat birliklarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar uning shakllantirilgan mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi.

 

Bolalar jamoat fondining asosiy pul mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi: 

 

  • Davlat byudjeti hisobidan 2021-2022 yillarda mablag‘larni amalda o‘zlashtirilishiga qarab 100 milliard so‘m miqdoridagi beg‘araz moliyaviy yordam;

  • jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari;

  • davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, chet davlatlar ajratadigan grantlar;

  • kraudfanding mexanizmlari orqali kelib tushgan mablag‘lar;

  • vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;

  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Bolalar jamoat fondiga homiylik qilingan mablag‘lar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi, fond soliqlarning barcha turlaridan ozod etiladi (ijtimoiy soliq bundan mustasno).

 

Avvalroq Prezident qarori asosida O‘zbekistonda "Mehr daftari"ni shakllantirish tartibi belgilanishi hamda “Mehribonlik” uylari Milliy gvardiyaga biriktirilgani haqida xabar berilgandi.

Davlat xaridlarida raqobat talablari buzildi: 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Davlat xaridlarida raqobat talablari buzildi: 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi bir nechta viloyatdagi davlat tashkilotlarining xaridlarini o‘rganib, tender va tanlovlarda raqobatni cheklash alomatlarini aniqladi.

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

Markaziy bank prudensial me’yorlar va qonunchilik talablarini buzgan bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida bolalarga uyda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi onasiga tegishli Cobalt’ni haydovchilik huquqisiz boshqarib, yoritish ustuniga urilgan.