Italiyada yog‘ingarchilik davom etayotganiga 12 soatdan oshdi
Qayd etilishicha, Italiyada 12 soatdan ortiq yog‘ingarchilik kuzatilmoqda. Bu borada Yevropada yangi rekord o‘rnatildi. Bu haqda "The Watchers" nashri xabar berdi.


Maʼlum qilinishicha, Liguriyada 12 soat ichida 740,6 mm miqdorda yog‘ingarchilik tushgan. Bu Yevropaning mazkur soat mobaynida yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha yangi rekordi hisoblanadi.
Bu maʼlumot butun yil davomida mintaqaga yog‘adigan o‘rtacha yog‘ingarchilikning yarmidan ko‘pini tashkil etdi.
Avvalroq kuchli yomg‘ir sababli Turkiyaning ayrim hududlarini suv bosgani va AQSHda ida bo‘roni qurbonlari soni 71 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







